PSJ himoyachisi “Real”ga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Ispaniyaga qaytmoqchi. Futbolchi yana “Real”da o'ynashga qarshi emas. Bu haqda Ispaniyaning “El Nacional” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Real” Hakimi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. “Qaymoqranglilar” futbolchi uchun kamida 70 million evro to'lashi kerak (Transfermarkt). 2020 yilda madridliklar futbolchini “Inter”ga 43 millionga sotgandi.
Joriy mavsumda Hakimi 22 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360