“Real” Ikardining vakillari bilan muzokaro olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Mauro Ikardi uchun kurashda “Yuventus”ga jiddiy raqib paydo bo'ldi. “Tuttomercatoweb” nashrining yozishicha, PSJ hujumchisi “Real” bilan shartnoma imzolamoqchi. Madrid klubi allaqachon Ikardi vakillari bilan bog'langan va uni yanvarda ijaraga olishi mumkin.
Ehtimol, agar rasman taklif tushsa, Ikardining o'zi ham “Real” foydasiga tanlov qiladi. Demak, turinliklar transfer bozoridagi boshqa o'yinchilarga e'tibor qaratishlari kerak.
Ma'lumot o'rnida, argentinalik futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366