Jami 34 medal, shundan 16 tasi oltin... Hafta qahramonlari munosib tarzda kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o'tgan dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz delegatsiyasi yurtimizga qaytib keldi.
Biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Mudofaa vazirligi va federatsiya vakillari, murabbiylar, dzyudochilarning ota-onalari hozir bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlarimiz 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, yoshlarimiz esa 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami umumiy hisobda 34 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni band etishgandi. To'rt kun davomida Bayrutda 16 marotaba O'zbekiston madhiyasi yangragandi.
Manba: O'zbekiston dzyudo feredatsiyasi
Bosh sahifaga
327