"Manchester Siti" futbolchisi uchun "Barselona"dan qancha so'rayotgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Manchester Siti" klubi hujumchi Ferran Torresni "Barselona"ga sotishga tayyor. Ammo ingliz klubi 21 yoshli futbolchi uchun 60 million evro talab qilmoqda.
"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar Torres uchun 45 million to'lashga tayyor. Tomonlar transfer summasi borasida haligacha kelisha olishmadi.
Futbolchining o'zi Ispaniyaga qaytishni istamoqda va allaqachon uni "Barsa"ga qo'yib yuborishni so'ragan.
Qayd etish joiz, 2021/22 yilgi mavsumda Torres "Manchester Siti" tarkibida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330