Ot sporti. Bahromjon Gaziev Rossiyadagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Maxima Stables” ot sporti klubida konkur yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. Ahamiyatlisi, unda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Hamyurtimiz balandligi 120 sm bo'lgan CCI-1 * “Crystal Tour” yo'nalishida ishtirok etdi. “Lady” laqabli tulpor bilan o'z chiqishini namoyish etgan Bahromjon Gaziev ikkinchi o'rin sohibiga aylandi. Ushbu dasturda g'alaba “Starcbus” otida qatnashgan rossiyalik Anastasiya Sherbakovaga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni boshqa bir mezbon Anatoliy Shishkov (“Katmand”) yopib berdi.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365