Levandovski: «Messi men haqimda samimiy gapirdi deb umid qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski «Pari Sen-Jermen» forvardi Lionel Messi tomonidan «Oltin to'p» marosimida haqida aytgan so'zlariga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi sovrinni qabul qilgach, 2020 yilda "Oltin to'p"ga Levandovski munosib bo'lganini ta'kidladi. "Frans Futbol" esa koronavirus pandemiyasini ro'kach qilib, o'tgan yili "Oltin to'p"ni hech kimga topshirmaslikka qaror qilgandi.
«Umid qilaman, bu shunchaki so'zlar emas, buyuk futbolchining samimiy bayonoti bo'ldi», — dedi Levandovski.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371