Karim "Barselona" taklifiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

Germaniyalik “Zaltsburg” klubi hujumchisi Karim Adeyemi “Barselona” taklifiga javob qaytardi.
"Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, Adeyemi Kataloniya klubining taklifini rad etgan. Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirmoqchi.
Karim Evro-2024da milliy terma jamoada o'ynash niyatida. Shuning uchun, u Germaniya chempionatida rivojlanmoqchi. Futbolchi Ispaniyaga o'tsa, Xans Flikning nazaridan chetda qolishidan qo'rqadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, germaniyalik forvardni qo'lga kiritish uchun hozirda Dortmundning "Borussiya"si favorit hisoblanadi.
Joriy mavsumda Adeyemi Avstriya chempionatida 16 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
553