Dibala va "Yuventus" o'rtasidagi shartnoma uzaytirish masalasi vaqtincha kechiktiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Yuventus" hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi klub bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Argentinalik futbolchining maoshi yiliga 8,5 million evroni tashkil qiladi (yana 1,5 millioni bonuslar shaklida). Tomonlar kelishuvni allaqachon rasmiylashtirishlari kerak edi, biroq bu protsedura Turin klubi ofisidagi tintuvlar tufayli qoldirildi.
2021/22 yilgi mavsumda Dibala "keksa sinora" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374