«Borussiya» yarim himoyachisi hakamlar va «Bavariya» haqidagi so'zlari uchun jazoga tortilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Jud Bellingem hakamlar va «Bavariya» haqidagi so'zlari uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Germaniya futbol assotsiatsiyasi yaqin orada Jud Bellingemga nisbatan hukm chiqarilishini ma'lum qildi. Yosh ingliz futbolchisi «Bavariya»dan mag'lub bo'lganidan keyin aytgan so'zlari uchun jazolanishi mumkin.
Jud hakamning halolligiga shubha qilayotganini ma'lum qildi va hatto kelishilgan o'yinlarda hakam Feliks Tsvaer borligini eslatdi. Nazariy jihatdan, futbolchi bir necha oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, ammo ish faqat pul jarimasi va bir yoki ikkita o'yin o'tkazib yuborish bilan cheklanishi ehtimoli katta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362