Ramos EChL o'yinini ham o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Frantsiyaning "L'Équipe" nashri xabar qilishicha, "PSJ" himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida "Bryugge"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. U individual dastur bo'yicha davolanishda davom etmoqda.
Jarohati tufayli 35 yoshli futbolchi parijliklar safidagi debyutini Liga 1ning 15-turida "Sent-Eten" bilan bahsda o'tkazgan edi (3:1). U o'sha uchrashuvda maydonda 90 daqiqa davomida harakat qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Ramos va Parij grandi o'rtasidagi shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351