"Sampdoriya" prezidenti hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

“Sampdoriya” prezidenti Massimo Ferrero moliyaviy jinoyatlarda ayblanib hibsga olindi, deya xabar bermoqda ANSA.
Manbaga ko'ra, 70 yoshli funtsioner ayblanayotgan jinoyatlar klubga aloqador emas. Ferrero bugun, 6 dekabr kuni hibsga olingan. Jinoyat ishining yana besh nafar ishtirokchisi uy qamog'iga olindi.
Eslatib o'tamiz, Ferrero "Sampdoriya"ni 2014 yilning iyunida sotib olgandi. Avvalroq Ferrero "Sampdoriya" bilan ishlashdan charchaganini va klubni sotib olishi mumkin bo'lgan investorlarni qidirayotganini aytgandi.
"Sampdoriya" 16 o'yinda 15 ochko to'pladi va 2021/2022 yilgi mavsumda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 15 o'rinni egallab turibdi.
Manba: www.championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350