Zidan PSJni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "PSJ"ni boshqarishi mumkinligini inkor etmadi. Frantsiyalik mutaxassis allaqachon klub rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan, deb xabar beradi Foot Mercato.
Shu bilan birga, Zidan klubda Arsen Venger bilan birga ishlashni xohlamoqda. Uning o'zi jamoani boshqaradi, Venger esa klubning strategik rivojlanishi bilan shug'ullanadi.
Ayni damda 71 yoshli Venger FIFAda futbolni global rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda.
Zinedin Zidan 2020/21 yilgi mavsum oxirida "Real Madrid"ni tark etganidan keyin ishlamayapti. "PSJ"ning amaldagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino joriy chempionat yakunlanganidan keyin "Manchester Yunayted" murabbiyi bo'lishi mumkin.
Manba: www.sport-express.ru
Bosh sahifaga
369