"Nyukasl"ning navbatdagi nishoni Frantsiyadan bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Nyukasl" yanvar oyida "Lill" himoyachisi Sven Botmanni sotib olmoqchi.
"The Athletic" nashri ma'lum qilishicha, "Lill" 21 yoshli futbolchi bilan kamida yozgacha xayrlashmoqchi emas, ammo juda qulay taklif tushsa, qishda uni sotishga tayyor.
Oldinroq Botmanga "Roma" ham qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Himoyachining “itlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchini 28 million evroga baholamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi jamoa safida barcha turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369