Klopp “Real” yulduzini “Liverpul”da ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Real” futbolchisini jamoasida ko'rmoqchi. “El Nacional” nashri jurnalistlari xabariga ko'ra, mutaxassis germaniyalik yarimhimoyachi Toni Kroosni “Enfild”ga olib ketmoqchi.
Mersisaydliklar 31 yoshli futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 1,5 yildan keyin tugashidan unumli foydalanishlari mumkin. Ispaniya grandi Kroosning transferidan naqd pul olish uchun uni qo'yib yuborishga tayyor.
Toni 2014 yildan beri “Real”da o'ynab kelmoqda. Transfermarkt portali ekspertlarining fikricha, tajribali yarimhimoyachining narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287