Ikardi xizmatlari “Real”ga taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

PSJning argentinalik futbolchisi Mauro Ikardi tez orada klubi ro'yxatini o'zgartirishi mumkin.
“Defenca Central” nashri jurnalistlarining xabar qilishicha, hujumchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Ikardining agenti allaqachon “Real Madrid” rahbariyati bilan bog'lanib, “qirollik klubi”ga mijozining xizmatlarini taklif qilgan.
Avvalroq matbuotda Mauroga APL klublari va Turinning “Yuventus” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Argentinalik futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294