Di Mariya La Ligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Argentina terma jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Anxel di Mariya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Don Balon” nashri xabariga ko'ra, “Sevilya” vinger xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar yanvardagi transfer oynasida kelishuvga erishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchi Frantsiyaning PSJ klubiga tegishli. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati 2021/2022 yilgi mavsum oxirida tugaydi.
Di Mariya La Ligada o'ynash tajribasiga ega. Argentinalik futbolchi to'rt mavsum davomida “Real Madrid” sharafini himoya qildi.
Anxel Frantsiya chempionati joriy mavsumida 11 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294