«Sent-Eten» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Sent-Eten" klubi rasmiy sayti bosh murabbiy Klod Pyuel iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.
Jamoa Frantsiya chempionatining 17-turi doirasida o'z maydonida "Renn"ga yirik hisobda (0:5) yutqazgach, rahbariyat murabbiy bilan kelishuvni bekor qilishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Klod Pyuel 2019 yilning kuzida "Sent-Eten"ni qabul qilgandi. Jamoaning 60 yoshli mutaxassis qo'lostidagi eng yuqori natijasi mavsum-2019/2020da Frantsiya kubogi finaliga chiqqani bo'ldi. O'shanda jamoa "Pari Sen-Jermen" 0:1 hisobida yutqazgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296