"Chelsi" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi yana APLga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"TalkSport" nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" va "Chelsi"ning sobiq darvozaboni Villi Kabalero faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin.
Ayni damda erkin agent maqomidagi futbolchini "Sautgempton" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bunga sabab qilib, jamoaning ikki posboni Aleks Makkarti va Freyzer Fosterning ko'p jarohat olishi ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, kiperning so'nggi jamoasi Londonning "Chelsi"si hisoblanadi. Futbolchi klub safini 2021 yilning yozida tark etgan.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298