"Atletiko" asosiy himoyachilaridan biri jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Atletiko Madrid" jamoasining 30 yoshli chernogoriyalik himoyachisi Stefan Savich joriy yil boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda "Football Espana" nashri xabar tarqatdi.
Futbolchida Ispaniya chempionati 16-turidan o'rin olgan "Malorka" bilan uchrashuvdan so'ng tizza bog'lamlari bilan bog'liq muammo aniqlangan. Savich o'yinni ohiriga etkaza olmay 10-daqiqada almashtirilgan edi.
Joriy mavsum Stefan madridliklar safida chempionatning 13 bahsida ishtirok etdi va 2 ogohlantirish ishlab oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298