Gasperini bu borada A Seriyadagi ikkinchi murabbiyga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Kecha «Atalanta» mehmonda «Napoli»ni mag'lub etdi.
Qayd etish kerak, bergamoliklar bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini unda yubiley uchrashuvini o'tkazdi.
Italiyalik murabbiy 2000 kundan beri klubni boshqarib kelmoqda. Bu Italiya chempionatidagi ikkinchi eng ko'p natijadir.
Birgina Karlo Anchelotti «Milan»ni bundanda uzoqroq muddatda boshqargan. U ketma-ket 2765 kun davomida «rossonerilar» tarkibida ishlagan. U jamoaga 2001 yilda kelib qo'shilgan va 2009 yilda ketgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293