«Manchester Yunayted» apreldan beri ilk marta ushbu natijani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Angliya Premer-ligasining 15-turi doirasida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
«Qizil iblislar» aprel oyidan buyon «Old Trafford»da ilk bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O'shanda «Manchester Yunayted» Evropa ligasida «Granada»ni mag'lub etgan edi (2:0).
Eslatib o'tamiz, bugungi o'yin Ralf Rangnikning «Manchester Yunayted» boshqaruvidagi debyuti bo'ldi. Bungacha u klub bilan faqat bitta mashg'ulot o'tkazgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307