"Milan" jarohat olgan sardori o'rniga o'rinbosar izlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Rossonerilar" qishki transferlar vaqtida kamida bir nafar himoyachi bilan shartnoma imzolaydi.
"Milan" mavsum oxirigacha safdan chiqqan Simon Kier o'rniga himoyachi izlashda davom etmoqda. "La Gazette Dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "rossonerilar"ning qiziqishlari doirasida Nikola Milenkovich ("Fiorentina") va Luis Felipe ("Latsio") bor. Avvalroq, «Barselona» himoyachisi Samuyuel Umtiti "Milan"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli uchun Milenkovich ustuvor nomzod. Mutaxassis futbolchini yaxshi biladi, chunki u avvalroq u bilan birga ishlagan. Biroq, "binafsharanglilar" o'yinchini osonlikcha qo'yib yuborish niyati yo'q.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336