Kurtua «Real» safida yubiley uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Real" Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda g'alaba (2:0) qozondi.
"Qirollik klubi" posboni Tibo Kurtua uchun mazkur bahs madridliklar safidagi 150-uchrashuv bo'ldi. O'yindan keyin "qaymoqrangliklar" prezidenti Florentino Peres Kurtuaga "150" raqamli futbolka taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi 2018 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib keladi. Darvozabon joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 16ta o'yinda ishtirok etib, 5ta bahsda darvoza daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339