Tuxel: «Bahonalar o'tmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasining «Vest Xem» bilan derbidagi omadsizligi haqida fikr bildirdi. «Ko'klar» yakunda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi va turnir jadvalidagi peshqadamligini qo'ldan boy berdi.
«Men futbolchilarning charchagani bilan natijalarimizni oqlay olmaymiz. Bahonalar o'tmaydi. Bu ligada qish oldidan charchoq har qanday klub uchun ham odatiy hol.
Bu erda savol konsentratsiyada, eng kichik detallarda, daqiqalarni boshqarish va xavfli hujumlarni samarali hal qilish qobiliyatida. Qaysi vaziyatda tavakkal qilish mumkin va qachon bu butunlay mumkin emasligini tushunishimiz kerak edi. Afsus, buni uddalay olmadik», - deya Tuxelning so'zlaridan iqtibos keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, 15-tur yakunlariga ko'ra, «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushib ketdi.

Bosh sahifaga
331