“Yuve” futbolchisi APLga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

“Yuventus” yarimhimoyachisi Aaron Remzi yangi jamoa topish ustida ishlamoqda, deb yozadi italiyalik jurnalist Nikolo Skira tvitterda. Manbaga ko'ra, 30 yoshli uelslik yarimhimoyachi uchun Angliya chempionatiga qaytish ustuvor vazifa hisoblanadi. Remzi qishki transfer oynasida “Yuventus”ni tark etishi mumkin.
Bundan tashqari, takidlanishicha, uelslik “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegrining rejalariga kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, 2021/22 yilgi mavsumda Aaron Remzi “Yuventus”ning beshta o'yinida ishtirok etdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337