Rangnik APL klublariga qarshi kurash haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik APLda «Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Siti»ga qarshi kurash haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men ko'proq optimistman, lekin siz realist bo'lishingiz kerak. Besh hafta oldin jamoamiz «Liverpul»ga 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi va to'g'risini aytsam, hisob yuqoriroq bo'lishi ham mumkin edi.
«Chelsi»ga qarshi o'yinda ochko olish muhimroqmi yoki yaxshi o'ynashmi? Bilmayman. Ular darvoza tomon 24 marta zarba berishgan, bizda esa uchta.
Demak, hozir bir necha hafta yoki oylar ichida Premer-liganing eng yaxshi murabbiylari bilan kurashaman, deyish haqiqatga to'g'ri kelmaydi», dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338