Xoland Ronaldu bilan tenglashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy hujumchisi Erling Xoland Germaniya chempionati doirasidagi “Bavariya”ga qarshi o'yinida (2:3) gol urdi.
“Gracenote Live” nashri ma'lumotlariga ko'ra, norvegiyalik hujumchi 2021 yilda 45 ta gol urgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha u “Manchester Yunayted”da to'p surayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Bu yilgi gol urish bo'yicha etakchi “Bavariya”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski. 33 yoshli hujumchi allaqachon 66 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, yaqinda “Oltin to'p”ni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Levandovski ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305