«Nasaf» muxlislari uchun ajoyib yangilik!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan "Nasaf" jamoasi Qarshi shahrida tantanali kutib olinadi. Jamoa murabbiylari va futbolchilari maxsus avtobusda Qashqadaryo sohilidan boshlab, «Markaziy» stadiongacha Qarshi shahri bo'ylab harakatlanishadi.
Jamoa sharafiga «Markaziy» o'yingohda kontsert dasturi tashkil etiladi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar o'zlarining sevimli futbolchilari va O'zbekiston Kubogi bilan esdalik uchun rasmga tushishlari mumkin. Tadbir 13:00 boshlanadi.
Shoshiling, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290