PSJ "Vulverxempton" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Pari Sen-Jermen" "Vulverxempton" himoyachisi Rayan Ait Nuriga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi "The Sun" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar 20 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishga tayyor. Qayd etilishicha, kelishuv PSJga 30 million evroga tushishi mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda Ait Nuri “Vulverxempton” safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga erishgan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 18 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290