UEFA 8ta klubni jazoga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan 8ta klubga nisbatan jazo chorasini e'lon qildi.
"Astana" (Qozog'iston), Kluj (Ruminiya), TsSKA Sofiya (Bolgariya), "Mons Kalpe" (Gibraltar), "Betis" (Ispaniya), "Portu, "Santa-Klara" va Sporting (barchasi - Portugaliya) klublariga turli miqdorda jarima solindi.
"Astana" va "Kluj" klublari mos ravishda 150 va 200 ming evro miqdorida jarima to'laydigan bo'lishdi.
Sofiyaning TsSKAsi 75 ming evro, "Mons Kalpe" — 15 ming, "Portu" — 300 ming, "Betis" 250 ming, "Santa-Klara" — 75 ming va "Sporting" 250 ming evroni UEFA hisobiga o'tkazib qo'yishi kerak.
Klublar bu jarimalarni 2022 yilning 31 yanvariga qadar to'lashi kerak, aks holda ular bir yilga evrokuboklardan chetlatilishadi.

Bosh sahifaga
312