Messi Ronaldu haqida: “Raqobat oldinga siljishga undaydi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

“Barselona”ning sobiq hujumchisi, hozirda Frantsiya chempionatining PSJ jamoasida to'p surayotgan Lionel Messi MYu hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan raqobatini esladi.
“Men har doim o'z yutuqlarimdan ustun bo'lishga harakat qildim, boshqalarga qiziqmasdim. Ronaldu bilan yillar davomida katta raqobat qildik. Bu ajoyib edi, chunki raqobatda oldinga siljish yaxshidir. Biroq, biz bir-birimiz bilan ovora emas edik. Men birovdan emas, faqat o'zimdan o'zib ketishga harakat qildim”, - deydi 34 yoshli argentinalik.
Eslatib o'tamiz, hafta boshida Messi “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgandi. Bu forvard kollektsiyasidagi ettinchi shunday mukofotdir.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347