Keza uchun 100 million evro
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Turinning “Yuventus” klubi etakchilaridan biri Federiko Keza Londonning “Chelsi” klubining transfer maqsadi hisoblanadi. “Todofichajes”nashri so'zlariga ko'ra, Angliyaning top-klubi futbolchini yozgi transfer oynasiga sotib olishga umid qilmoqda.
Manbaning qayd etishicha, londonliklar rahbariyati 24 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million evroga yaqin mablag' ajratishga tayyor. “Keksa sinora”ning bu boradagi pozitsiyasi hozircha noma'lum.
24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o'tgan yilning oktyabr oyida Turin grandiga ko'chib o'tgandi. Italiya A seriyasining joriy mavsumida Keza 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360