Ronaldu jarohat oldi. U Rangnik boshqaruvidagi ilk o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 15-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar beradi "The Sun" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi Angliya chempionatining 14-turi doirasidagi "Arsenal"ga (3:2) qarshi o'yinda ikkinchi golni nishonlash vaqtida tizzasidan jarohat olgan bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin Ralf Rangnik uchun klub boshqaruvidagi birinchi o'yin bo'ladi.
Uchrashuv 5 dekabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315