Ikradiga APLning ikkita top klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

PSJ qishda transferini amalga oshirishni rejalashtirayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
“Fichajes” nashri xabariga ko'ra, forvardga Tumanli Albiondan jiddiy talab bor. Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari 28 yoshli hujumchiga hamkorlik taklif qilishga tayyor. Avvalroq, “Nyukasl” Mauroga qiziqish bildirgani aytilgandi.
Potentsial xaridorlar Ikardi transferi uchun taxminan 35 million evro to'lashlari kerak bo'ladi.
Liga 1’ning joriy mavsumida argentinalik futbolchi 12 o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341