“Tottenxem” etakchisi bilan shartnoma uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Londonning “Tottenxem” klubi frantsiyalik tajribali darvozabon Ugo Loris bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda “shporlar” ustozi Antonio Konte jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o'tdi.
“Men bu klubga yaqinda kelgandim. Bizning hal qilishimiz kerak bo'lgan muammolar ko'p. Ugoga kelsak, u jamoa etakchisi. Bu eng yaxshi darvozabon. Biz uni saqlab qolmoqchimiz va Loris bu haqda biladi. Men uni jamoaning muhim qismi deb bilaman. Bizda hamma narsani muhokama qilish uchun hali vaqt bor”, - dedi italiyalik murabbiy.
34 yoshli Loris 2012 yilning avgustidan beri “Tottenxem”da o'ynab kelmoqda. Uning “shporlar” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319