Konte: "Biz uni saqlab qolish uchun hamma narsa qilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte darvozabon Ugo Lorisni jamoada saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi.
“Klubda ishlaganimga atigi bir oy bo'ldi. Albatta, klubda hal qilinishi kerak bo'lgan narsalar ko'p. Ugo - jamoa sardori, yuqori darajadagi darvozabon. Biz eng yaxshi natijalarni ko'rsatishga harakat qilayotganimizni juda yaxshi biladi. U bilan hali shartnoma borasida gaplashishga ulguramiz. Lorisni hurmat qilaman va jamoa uchun muhim futbolchi ekanligini bilaman. Biz uni saqlab qolish uchun qo'lmizdan kelgan hamma narsani qilishga harakat qilamiz", – dedi Konte "Evening Standard" nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsum Loris "shporlar" safida 14 o'yinda maydonga tushib, 19 gol o'tkazib yuborgan.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
315