Umtitiga xaridor topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Milan" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitiga yana qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es
Manba bergan xabarga ko'ra, 28 yoshli frantsuz o'yin amaliyoti yo'qligi sababli o'ziga yangi klub izlamoqda. Qayd etilishicha, “rossonerilar” futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishi mumkin edi, biroq kelishuv amalga oshmay qolgan.
2021/22 yilgi mavsumda Umtiti “Barselona” safida birorta ham o'yin o'tkazmagan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314