Rafael Benites: "Pulni to'g'ri ishlatishni bilish kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benitesning taqdiri muhokama ostida qolgan. Bunga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo'lmoqda. "Everton" dastlabki 7ta o'yinda 4ta g'alaba va 2ta durang bilan turnir jadvalida 4 o'rinda turgandi.
Ammo shundan keyin vaziyat o'zgardi. Hozirda jamoa 14 o'rinni egallab turibdi. Xavfli zonadan 5 ochko farq mavjud. Shunga qaramay klub egasi Farxad Moshiri Benitesga ishonishini ta'kidlagandi.
Hozirda Benites qishki transferlar oynasida jamoani kuchaytirib olishga umid qilmoqda. U bu haqda shunday deydi:
"Yanvardagi bozor juda ham qiyin kechadi. Negaki, u erda ko'p futbolchilar bo'lmaydi. Tanlov imkoniyati kamroq bo'ladi. Biroq sizda sarflash uchun pul bo'lgan taqdirda, uni to'g'ri ishlatishni bilish kerak".
Eslatib o'tamiz, "Everton"ning keyingi bahsi o'z uyida, "Arsenal"ga qarshi kechadi.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
321