"Liverpul" portugaliyalik futbolchini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126
48
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanches faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi "Todofichajes" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" 24 yoshli portugaliyalikni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Oldinroq yarim himoyachiga "Milan" va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Sanches 11 ta o'yinda maydonga tushib, gol va golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318