Devid Moyes "Chelsi" bilan bo'lajak uchrashuv oldidan fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

"Vest Xem" jamoasi ustozi Devid Moyes "Chelsi"ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
"O'tgan mavsumda "Chelsi"dan ikki ochko kam to'plagan holda, mavsumni tugatgan edik. Biz bu safar top to'rtlikka kirishga intilmoqdamiz. O'tgan mavsumning mana shu qismida biz ancha pastda joylashganmiz. O'z ochkolarimizni esa mavsumni ikkinchi qismida olgandik. Mavsum boshida yaxshi start namoyish etdik. Hozir esa mana shu tempni ushlab turishga, mavsum so'ngida ham yuqori daraja ko'rsatishga harakat qilmoqdamiz".
"Vest Xem" hamda "Chelsi" o'rtasidagi bahsni bugun soat 17:30dan boshlab "Futbol TV"da tomosha qilishingiz mumkin.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318