"Sautgempton" ustozi jamoasi APLda qolish uchun kurashayotganini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Sautgempton" klubi ustozi Ralf Xazenxyuttl o'z faoliyati haqida gapirdi. Unga bu haqida savol berilganda nemis mutaxassisi shunday deydi:
"Men bu erda uzoq yillardan beri ishlayapman. Ha, bu juda murakkab kechgan. Men bu erga Chempionlar ligasi klubidan keldim. Hozirda jamoamiz maqsadi ligada qolish bo'lib turibdi. Bu hayot-mamot kurashi. Har kuni, har hafta bu jangga kirmoqdamiz. Bu yo'lda o'sishga ham erishganimizni ta'kidlab o'tish lozim. Bor o'yinchilardan foydalanib, maksimum yaxshi natijaga intilish kerak".
"Avliyolar" yakshanba kuni "Brayton"ni mehmon qiladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321