Donnarumma Navas bilan o'rtalarida mojaro bo'lmasligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoadoshi darvozabon Keylor Navas bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Keylor bilan munosabatlarim a'lo darajada, oramizda hech qanday ziddiyat yo'q. Shunday bo'ladiki, odamlar hech narsani bilmasdan gapiradilar, qiyin vaziyatlarni tasavvur qila boshlaydilar. Bu vaziyatda siz hech narsa qila olmaysiz. Lekin bu hech qanday haqiqat emas. Biz ikkalamiz do'stmiz va biz juda yaxshi ishlayapmiz", – dedi Donnarumma.
Donnarumma joriy mavsumda Liga 1da ettita, Chempionlar Ligasida ikkita o'yin o'tkazdi. Navas milliy chempionatda o'nta o'yin o'tkazgan bo'lsa, EChLda uch marta maydonga tushgan.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283