“Liverpul” “Barsa” bilan urugvaylik futbolchi borasida dastlabki muzokarani o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Yaqinda “Liverpul” “Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, bu mish-mishlar haqiqat va tomonlar potentsial transfer bo'yicha muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazishgan.
“El Nacional” nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar rahbariyati ispan klubi vakillari, shuningdek, bevosita futbolchining agentlari bilan bog'langan. Qayd etilishicha, “Liverpul” urugvaylik futbolchining maoshini deyarli ikki barobarga oshirish niyatida.
E'tiborlisi, Arauxo va “ko'k-anorranglilar” o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Natijada, “Barselona” o'z futbolchisini iloji boricha ko'proq pul olish uchun yanvar oyida qo'yib yuborishga rozi bo'lishi mumkin.

Bosh sahifaga
283