“Yuventus” Evropa chempionini vataniga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

“Chelsi” va Jorjino o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarning kechikishi hamkorlikning mumkin bo'lgan uzaytirilishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Italiya OAVlarining yozishicha, yarimhimoyachini “Napoli”dagi o'yinlaridan beri kuzatib kelayotgan “Yuventus” Evropa chempioniga qiziqish bildirmoqda.
“Calciomercato” nashrining xabar berishicha, turinliklar keyingi yozda Jorjinoni vataniga qaytarish niyatida va uning agentlari bilan kelishuv tafsilotlarini muhokama qilib bo'lishgan. Aytgancha, 29 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalarida yakuniga etadi.
Qayd etilishicha, “Yuventus” agar shu vaqtgacha bir qancha futbolchilaridan qutula olsa, Jorjinoning maoshini oshirishga ham tayyor.

Bosh sahifaga
282