Rangnik murabbiylar shtabiga yana bir mutaxassis kirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Manchester Yunayted" "Nyu-York Red Bullz" bosh murabbiyi Gerxard Shtruber bilan muzokaralar olib bormoqda. "The Sun" nashri xabariga ko'ra, unga MYu yangi bosh murabbiy Ralf Rangnikning yordamchisi bo'lishni taklif qilishgan.
Shtruberning Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga mo'ljallangan. Shu tariqa, mutaxassis ushbu taklifga rozi bo'lsa, "qizil iblislar" Amerika klubiga tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rangnik va Shtruber Avstriyaning "Zaltsburg" jamoasida birga ishlashgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280