"Manchester Yunayted" bu futbolchi uchun 90 million evrodan kechishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Angliya premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.
"Todofichajes" nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli niderlandning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Avvalroq futbolchiga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirgandi.
De Yongning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda.
Frenki joriy mavsumda 16 o'yinda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312