Fati 2022 yilgacha maydonga tushmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

"Barselona" kelajagi sifatida qaralayotgan Ansu Fati ushbu yilda maydonga tushmaydi - deya xabar bermoqda ARA nashri.
Manbada ta'kidlanishicha, Fatining jarohati jiddiy emas. Ammo klubning yangi shifokori Rikard Bruna futbolchining qayta jarohat olmasligi uchun shunday qarorga kelgan. Ansu Fati Ispaniya Superkubogi bahslarigacha safga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" kelasi hafta Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o'yinda kataloniyaliklarga g'alaba suv va xavodek zarur. Fati o'sha bahsda jamoasiga yordam bera olmasligi ehtimoli yuqori.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305