"PSJ" hujumchisini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

«PSJ» hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashishga tayyor. Frantsuz klubi Angliyaning “Nyukasl” klubiga 28 yoshli argentinalik futbolchini sotib olishni taklif qildi, deb xabar beradi Foot Mercato.
Ikardining parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Ikardi PSJ safida jami 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi.
Avvalroq, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi ettinchi «Oltin to'p»ni olganidan keyin ziyofat uyushtirgandi. Tadbirga Parij klubining barcha futbolchilari oilalari bilan taklif qilingan, biroq u erda Mauro Ikardi va uning rafiqasi Vanda Nara yo'q edi.
Manba: www.stadion.uz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298