So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik ikki futbolchi Frantsiya klubi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5032
Avvalroq, o'zbekistonlik ikki futbolchi Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 21 mart kuni ushbu futbolchilarning agenti Akmal Eshonxonov Frantsiya klubi bilan muzokaralarga oid ayrim ma'lumotlarni Instagram’dagi sahifasida oshkor qildi.
“Faoliyatini O'zbekiston chempionatida o'tkazgan 29 yoshli hujumchi Abdumalik Abdullaev hamda namanganlik 24 yoshli yarim himoyachi Amirxon Ibragimov yaqin kunlarda Frantsiyaning 3-divizion ishtirokchisi “Laval” klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Frantsiyada transferlar oynasi yopiq bo'lgani sabab klub o'zbekistonlik futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirilgan.
Transfer bilan bog'liq barcha hujjat ishlari yakuniga etdi, klub hamda yuqori sport tashkilotlari tomonidan qo'yilgan shartlarni to'liq bajardik. Endi oldimizda faqat “Laval” bilan shartnoma imzolash masalasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan ayrim kelishuvlarga erishish ishlari qoldi.
Umid qilamanki, O'FA ushbu futbolchilarning transfer masalasini ijobiy ko'rib chiqadi.
“Futbolchi agenti” sertifikatini tasdiqlagan FIFA prezidenti Janni Infantinoga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Tez kunlarda go'zal Frantsiyadan ajoyib O'zbekistonga salomlar yo'llaymiz!”, deya yozib qoldirgan FIFA agenti Akmal Eshonxonov.
Ma'lumot o'rnida, “Laval” klubi Frantsiya 3-divizionida 26-turdan so'ng 43 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. “Rodez”, “Shambli”, “Le-Man” kabi jamoalar “Laval”dan ko'proq ochko to'plagan.
Eslatib o'tamiz, Abdumalik Abdullaev “Navbahor”, “Andijon”, “Dinamo” Samarqand, AGMK klublari safida to'p surgan.
Amirxon Ibragimov esa “Qo'qon-1912” klubining yanvarda bo'lib o'tgan Toshkentdagi yig'inida ishtirok etgandi. U bungacha “Kosonsoy”, “Yangier”, “Xotira-79” klublarida faoliyat olib borgan.