"Inter" qachon Eriksen bilan shartnomani bekor qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen yanvarda jamoani tark etishi mumkin.
"Calciomercato.com" portali xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga Italiyada implantatsiya qilingan yurak defibrillyatori bilan o'ynashga ruxsat berilmaydi. Shifokorlar aniq xulosalarini kelasi hafta e'lon qilishlari kerak.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" 2022 yil boshida tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra Eriksen bilan shartnomani bekor qiladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.
Avvalroq yarim himoyachi o'zining sobiq jamoasi "Odense"da individual mashg'ulotlarni boshlagani haqida yangiliklar tarqalgan edi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354